11:56 / 17.12.2025
3 209

Shomurodov yetakchi rolda: Superliga turining ramziy jamoasi e’lon qilindi

Turkiya Superligasining 16-turi yakunlariga ko‘ra, “Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodov turning ramziy jamoasidan joy oldi. O‘zbekistonlik futbolchi navbatdagi bor yuqori saviyada o‘yin namoyish etib, chempionatdagi barqaror formasini yana bir bor isbotladi.

Mazkur turda “Samsunspor”ga qarshi bahsda (2:0) maydonga tushgan Shomurodov jamoasi g‘alabasida hal qiluvchi rol o‘ynadi. U bir gol urdi va yana bir golga assistentlik qildi. Hujumchining faolligi, harakatchanligi va maydonni his etishi mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

eFootball Super XI talqiniga ko‘ra, noyabr oyi doirasida tuzilgan 16-tur ramziy jamoasi quyidagi futbolchilardan iborat bo‘ldi:

Darvozabon:

– Mateyush Lish

Himoyachilar:

– Nelson Semedu

– Arseniy Batagov

– Rik van Drongelen

– Zeki Yavru

Yarim himoyachilar:

– Lukas Torreyra

– Vatslav Cherni

– Marko Asensio

Hujumchilar:

– Ernest Muchi

– Eldor Shomurodov

– Leroy Sane

E’tiborli jihati shundaki, ushbu ramziy jamoada Yevropa futbolida nom qozongan bir qator yulduzlar bilan bir qatorda Eldor Shomurodovning ham o‘rin olishi uning Superligadagi nufuzi oshib borayotganini ko‘rsatadi. Ayni paytda u to‘purarlar poygasida ham yetakchilar safida bormoqda.

Mutaxassislar fikricha, agar Shomurodov shu sur’atni saqlab qolsa, u nafaqat “Bashakshehir”ning asosiy figurasi, balki butun Turkiya chempionatining eng xavfli hujumchilaridan biri sifatida mavsumni yakunlashi mumkin. Muxlislar esa undan yana ko‘p gollar va muhim bahslarda hal qiluvchi harakatlarni kutishmoqda.


Eldor Shomurodov, Turkiya Superligasi, Istanbul Bashakshehir, Ramziy jamoa, Futbol yulduzlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing