07:11 / 17.12.2025
3 880
Levandovski The Best uchun uchlikni Barselonadan tanladi

Polsha terma jamoasi sardori Robert Levandovski FIFA tomonidan har yili topshiriladigan The Best mukofoti bo'yicha ovoz berishda klubdoshlarini qo'llab-quvvatladi. Ushbu sovrin yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi, ovoz berishda esa milliy terma jamoalar sardorlari va bosh murabbiylari ishtirok etadi.
Levandovskining eng yaxshi uchligi to'liq «Barselona» vakillaridan iborat bo'ldi. 37 yoshli hujumchi birinchi o'ringa Lamin Yamalni qo'ydi, ikkinchi pog'onaga Rafinya Diasni joylashtirdi, kuchli uchlikni esa Pedri bilan yakunladi.
Yakunda mukofot sohibi «Pari Sen-Jermen» va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Usmon Dembele bo'ldi. U bir necha oy avval «Oltin to'p»ni ham qo'lga kiritgandi.
Polsha terma jamoasi, Robert Levandovski, The Best mukofoti, Barselona vakillari, Usmon Dembele
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kannavaro, Shomurodov va Fayziyev The Best sovrini uchun kimga ovoz berishdi?
Kannavaro, Shomurodov va Fayziyev The Best sovrini uchun kimga ovoz berishdi?
Usmon Dembele 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi
Usmon Dembele FIFA The Best mukofotini qo'lga kiritdi
Usmon Dembele FIFA The Best mukofotini qo'lga kiritdi