20:18 / 15.12.2025
2 365

Oviedo Luis Karrion bilan shartnomani bekor qildi


Ispaniyaning Oviedo klubi bosh murabbiy Luis Karrion bilan hamkorlikni to'xtatdi. Asturiya jamoasi mutaxassisni ishdan bo'shatdi: u rahbarlik qilgan so'nggi sakkiz uchrashuvda klub birorta ham g'alabaga erisha olmadi.

Klub rahbariyati sabrining so'nggi nuqtasi Sevilyadagi yirik mag'lubiyat bo'ldi, o'sha bahsda mezbonlar Oviedo darvozasiga javobsiz to'rtta gol urdi. Endi klub qisqa muddat ichida yangi murabbiy topishi kerak.

Chunki shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tadi: Oviedo o'z maydonida Vigo shahrining Selta jamoasini qabul qiladi. Hozirda asturiyaliklar turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda.

Oviedo klubi, Luis Karrion, Ispaniya chempionati, Asturiya jamoasi, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing