
“Liverpul”ning sobiq sardori Jordan Henderson “Lids” darvozasiga kiritgan golini mersisaydliklar safida to'p surgan marhum hujumchi Diogu Jotaga bag'ishladi. Henderson hozir “Brentford” sharafini himoya qiladi.
Jamoa APLning 16-turi doirasida o'z maydonida “Lids”ni qabul qildi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Henderson mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Golni nishonlash paytida u o'tirib, go'yo o'yin pristavkasida joystik bilan o'ynayotgandek ishora qildi. Jota gollarini aynan shunday uslubda nishonlardi.
Biroq Hendersonning goli g'alaba to'pi bo'lmadi: “Lids” asosiy vaqt tugashiga sakkiz daqiqa qolganida hisobni tenglashtirdi. Eslatib o'tamiz, Diogu Jota 2025 yil yozida yo'l-transport hodisasida halok bo'lgan.
U bilan birga akasi ham vafot etgan. Ispaniyada ularning avtomobili yo'ldan chiqib ketib, yonib ketgani xabar qilingan.
Jordan Henderson, Diogu Jota, APL turi, Yo'l-transport, Ispaniya hodisasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing