
“Monako” yarim himoyachisi Aleksandr Golovin jamoadoshi Pol Pogbaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Rossiyalik futbolchining ta'kidlashicha, fransiyalik yarim himoyachi formaga kirib olishda qiynalayapti.
Golovinga ko'ra, Pogba uzoq tanaffusdan keyin mashg'ulot yuklamalariga moslashishda og'irlik sezmoqda va jismonan hali tayyor emas. “Unga hozircha qiyin.
Hozir u jismonan umuman tayyor emas. Juda ham qiyin”, — dedi Golovin FONtour sayohat-shousi efirida.
Golovin jahon chempioni umumiy guruhda mashg'ulot olib borayotganini va bir necha haftadan beri jamoa bilan ishlayotganini tasdiqladi, biroq uning holati hali optimal darajadan yiroq. Eslatib o'tamiz, Pogba 2023 yil sentyabridan beri antidoping qoidalarini buzgani uchun diskvalifikatsiya sababli maydonga tushmagan.
Aleksandr Golovin, Pol Pogba, Rossiyalik futbolchi, Fransiyalik himoyachi, Jahon chempioni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing