01:09 / 15.12.2025
2 704

Brentford va Lids Angliya Premyer-ligasida durang o'ynadi


Angliya Premyer-ligasining 16-turi doirasida Brentford va Lids uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi. O'yinda mehmonlar tashabbuskorroq ko'rindi, biroq hisobni Brentford ochdi: 70-daqiqada Jordan Henderson Riko Genri uzatmasidan so'ng to'pni darvozaga aniq yo'lladi.

Lids mag'lubiyatdan qutulib qoldi — 82-daqiqada Uilfred N'yonto qanotdan uzatma berdi, Dominik Kalvert-Lyuiin esa bosh bilan hisobni tenglashtirdi. Ushbu natijadan so'ng Lids quyi ligaga tushib ketish zonasidan uch ochko yuqorida qoldi.

Brentford esa turnir jadvalida 13-o'rin atrofidagi guruhda joylashgan.
Angliya Premyer-ligasi, Brentford klubi, Lids jamoasi, Jordan Henderson, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing