19:43 / 13.12.2025
1 792

Hasanboy Do‘smatov — ikki karra jahon chempioni! (video)

2025 yil 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan IBA jahon chempionati finalida 51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov rossiyalik bokschi Bayir Batlayevni mag‘lub etdi. Hakamlar bir ovozdan bo‘lmasa-da, 4:1 hisobida g‘alabani vakilimizga topshirdi.

Jang davomida Do‘smatov tempni boshqardi, masofada mahorat bilan ishladi va himoyada ishonchli harakat qildi. Rossiyalik raqib qarshilik ko‘rsatishga urindi, biroq jang davomida Hasanboyning ustunligi yaqqol sezilib turdi.

Natijada, vakilimizning navbatdagi yirik g‘alabasi va faoliyatidagi yorqin muvaffaqiyatlardan biri qayd etildi. Shunday qilib, Hasanboy Do‘smatov oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra jahon chempioni bo‘ldi.

U o‘z vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri sifatida o‘z mavqeini yana bir bor isbotladi.


Hasanboy Do'smatov, IBA jahon, Oltin medal, Bokschilar muvaffaqiyati, Jahon chempioni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing