16:08 / 13.12.2025
1 641

Ronaldu "Forsaj" filmida katta rol o‘ynashi mumkin

Amerikalik mashhur aktyor va prodyuser Vin Dizel, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduga “Forsaj” kinofranshizasida maxsus rol yozilganini ma’lum qildi. Bu xabarni Dizel o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi.

Dizel, 2024 yilning fevral oyida, franshizaning 2027 yil aprelida premerasi o‘tkaziladigan 11-qismi oxirgi bo‘lishini ishora qilgan edi. Shuningdek, u 12 dekabr kuni Ronaldu bilan birga tushgan fotosuratni Instagram sahifasida o‘rtoqlashdi va shunday yozdi: “Hamma undan “Forsaj” filmda rol o‘ynashini so‘ragan edi. Aytishim kerakki, u ajoyib. Biz unga maxsus rol yozib berdik.”

Ronaldu, besh marta “Oltin to‘p” sohibi, besh marta Chempionlar Ligasi g‘olibi va Yevropa chempioni hisoblanadi. Shu bilan birga, u jahon futbolining rasmiy o‘yindagi eng ko‘p gol urgan futbolchisi sifatida ham tanilgan. Hozirda, u Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surmoqda.

Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu, aralash yakkakurashlar bo‘yicha WOW FC (The Way of Warriors FC) kompaniyasining hammuallifiga aylanib, MMA olamiga qo‘shilgandi. Endi esa, futbol yulduzi kino olamida ham o‘z rolini namoyon qilishi mumkin.


Vin Dizel, Krishtianu Ronaldu, Forsaj filmi, Instagram sahifasi, Al-Nasr klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing