10:39 / 11.12.2025
38 675

Jahon chempionati yarim finali: O‘zbekistondan 9 bokschi ringga chiqadi

Dubayda o‘tkazilayotgan erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim final bosqichi boshlanmoqda. Bu bosqichga O‘zbekiston terma jamoasidan to‘qqiz nafar bokschi yo‘l oldi.

Bugungi juftliklar:
  • –54 kg: Asilbek Jalilov – Viacheslav Rogozin (Rossiya)

  • –60 kg: Abdumalik Xalakov – Artur Bazeyan (Armaniston)

  • –67 kg: Asadxuja Mo‘ydinxujaev – Alehandru Paraschiv (Moldova)

  • –75 kg: Fazliddin Erkinboev – Sabirjan Akkalikov (Qozog‘iston)

  • +92 kg: Arman Mahanov – Davit Chaloyan (Armaniston)

  • –51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Rudolf Garboyan (Armaniston)

  • –57 kg: Xo‘janazar Nortojiyev – Xusravxon Rahimov (Tojikiston)

  • –80 kg: Javohir Ummataliev – Arlen Lopez Kardona (Kuba)

  • –92 kg: To‘rabek Habibullayev – Alfonso Dominges (Ozarbayjon)

Janglar Toshkent vaqti bilan 17:00 da, ikkinchi dastur esa 22:00 da start oladi. Ma’lumot O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan.


Jahon chempionati, O‘zbekiston terma, Erkaklar boks, Yarim final, Toshkent vaqti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing