
"Aston Villa" Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini juda omadli boshlay olmadi. Dastlabki beshta tur davomida jamoa g‘alaba qozona olmadi.
Ammo oltinchi turda "Fulhem" ustidan qozonilgan g‘alaba jamoaga kuch bag‘ishladi va "Aston Villa" keyingi o‘yinlarda yuqori natijalar ko‘rsatdi. Oltinchidan o‘n beshinchi turgacha bo‘lgan o‘yinlarda jamoa to‘qqizta g‘alabani qo‘lga kiritdi, jumladan, shanba kuni Londonning "Arsenal" jamoasini 2:1 hisobiga mag‘lub etdi.
"Aston Villa"ning Angliya Premer-ligasidagi bunday seriyasi oxirgi bor 1919-yil dekabr oyida kuzatilgan edi. Keyingi o‘yinda "Aston Villa" 14 dekabr, yakshanba kuni Londonning "Vest Hem" klubi bilan kuch sinashadi.
Aston Villa, Angliya Premer-ligasi, Fulhem jamoasi, Arsenal jamoasi, Vest Hem
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
APLda favqulodda tur: chempion yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi... (video)
"Liverpul" seriyani buzdi, "Aston Villa" zonaga qaytdi
"Liverpul" seriyani buzdi, "Aston Villa" zonaga qaytdi
"Aston Villa" so'nggi daqiqada "Arsenal"ni mag'lub etdi
"Aston Villa" so'nggi daqiqada "Arsenal"ni mag'lub etdi (video)