15:35 / 06.12.2025
152 727

Safonov PSJ safida debyutga yaqin


Fransiya chempionatining 15-turida PSJ oʻz maydonida Ren klubini qabul qiladi. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike boshchiligidagi murabbiylar shtabi ushbu oʻyinga tayyorlangan tarkibni eʼlon qildi.

Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ushbu roʻyxatga kiritilgan. Shu bilan birga, jamoaning asosiy darvozaboni Luka Shevalye jarohati sabab tarkibdan chetda qoldi.

Bu esa Safonovga joriy mavsumda PSJ safida ilk oʻyinini oʻtkazish imkonini beradi. PSJ va Ren jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv 6-dekabr, shanba kuni boʻlib oʻtadi.

Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 23:05da boshlanadi.


Fransiya Chempionati, P S J Jamoasi, Luis Enrike, Matvey Safonov, Luka Shevalye
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing