11:15 / 05.12.2025
261 925

Amorim jurnalistlar savoliga keskin javob berdi


Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim APLning 14-turida Vest Xemga qarshi o‘yinda jamoasining tarkibdagi o‘zgarishlariga doir savollarga o‘z munosabatini bildirdi. Old Trafforddagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

O‘yindan so‘ng Amorimdan hujumkorroq futbolchilarni maydonga tushirmaganining sababi so‘raldi. "Kim edi hujumkorroq o‘yinchi (zaxirada)?" — deya javob berdi portugaliyalik mutaxassis.

Jurnalist Kobbi Maynuning nomini tilga oldi, biroq mazkur futbolchi uchrashuvda maydonga tushirilmadi. Manchester Yunayted ikkinchi bo‘limda Diogu Dalotning goli evaziga 1:0 hisobida oldinga chiqqan edi, ammo asosiy vaqt tugashidan olti daqiqa avval raqib javob to‘pini kiritdi.

14-turdan so‘ng MYU 22 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.


Manchester Yunayted, Ruben Amorim, Vest Xem, Old Trafford, Turnir Jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing