
Marsel jamoasi bosh murabbiyi, italiyalik mutaxassis Roberto de Dzerbi Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatga erishishni xohlayotganini ma'lum qildi. U buni aynan hozirgi jamoasi bilan amalga oshirishni reja qilmoqda va bu klub bilan uzoq muddatli hamkorlikni maqsad qilganini ta'kidladi.
"Oʻzimni bu yerda uzoq muddatli loyihaning bir qismi sifatida tasavvur qilaman. Kamida uch yilga moʻljallangan rejalarim bor.
Chempionlar Ligasida oxirigacha yetib borishni xohlayman. Nega biz buni orzu qilolmaymiz?
Agar PSJ bunga erishgan boʻlsa, biz ham uddalay olamiz. Yanvar oyida biz uchun muhim oʻyinlar boʻladi va koʻp narsa oʻshanda hal boʻladi", dedi De Dzerbi derbyderbyderby.it nashriga.
Eslatib oʻtamiz, Marsel klubi 1993-yilda Bernard Tapi davrida Chempionlar Ligasida gʻolib chiqqan.
Marsel Jamoasi, Chempionlar Ligasi, Roberto Dezerbi, Uzoq Muddatli, Muhim Oʻyinlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
AQSHning Ukrainaga taklif etgan “tinchlik rejasi” atrofida shov-shuvlar kuchaydi
Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin — muhokamalar boshlandi
Trampning rejasi: Mualliflik mojarosidan so‘ng 19 bandgacha qisqardi!
Obameyang dubli 'Marsel'ga gʻalaba keltirdi