09:42 / 02.12.2025
277 799

"Nissa"da samosud: Muxlislar futbolchilarni avtobusdan tushirib urdi


Yakshanba kuni “Nissa” jamoasi safarda “Loryan”ga qarshi oʻyinda 1:3 hisobida magʻlub boʻldi. Garchi birinchi boʻlib hisobni ochgan boʻlsa-da, gʻalabani qoʻlga kirita olmadi.

Foot Mercato xabariga koʻra, oʻyindan keyin jamoaning avtobusi ortga qaytayotganda 400 ga yaqin gʻazablangan muxlislar tomonidan toʻxtatib qolindi. Muxlislar futbolchilarni avtobusdan tushib, oʻz oʻyinlari uchun javob berishga chaqirishdi.

Jeremi Boga va Terem Moffi muxlislarning asosiy nishoniga aylandi. Bogaga “Nissa” stadioniga “Marsel”ning muxlislarini taklif qilgani uchun tanbeh berildi, Moffi esa magʻlubiyatdan soʻng koʻtarinki kayfiyatda boʻlgani uchun tanqid qilindi.

Ushbu futbolchilar jismoniy zoʻravonlikka duch kelishdi – ularni tepishdi, urishdi va tupurishdi. Klubning sport direktori ham muxlislardan zarba oldi, biroq vaziyat xavfsizlik xizmati aralashgandan soʻng tinchlandi.

“Nissa” futbolchilari bu voqeadan qattiq hayratda qolgani aytilmoqda.


Nissa Jamoasi, Loryan O'yini, G'azablangan Muxlislar, Jeremi Boga, Terem Moffi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing