
PSJ klubining sobiq darvozaboni Aleksandr Letelye Neymar bilan bog'liq ajabtovur voqeani esladi. Uning aytishicha, yulduzli braziliyalik hujumchi hojatxonaga kirganda eshikni yopmas ekan.
"Bir kuni bazada hojatxonaga kirdim va Neymarni ochiq eshik ortida unitazda o'tirganini ko'rdim. Men shokka tushdim," - dedi Letelye L’Equipe nashriga bergan intervyusida.
Letelyening so'zlariga ko'ra, keyinroq boshqa bir jamoadoshi uni tinchlantirgan va Neymarni bunday odati klavstrofobiya (yopiq joylardan qo'rqish) bilan bog'liqligini tushuntirgan. Ayni paytda Neymar o'z vatanidagi "Santos" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
So'nggi yillarda hujumchini jarohatlar tinch qo'ymayapti.
P S J Klubi, Aleksandr Letelye, Neymar Voqeasi, Klavstrofobiya Sababi, Santos Jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing