17:21 / 01.12.2025
310 089

Argentinada Messi haykali yana vandalizmga uchradi


Argentinada Lionel Messi haykali yana vandalizm qurboni boʻldi. Diario Registrado nashrining xabariga koʻra, yakshanba kuni ertalab nomaʼlum shaxslar Mar-del-Plata markazidagi bar yonida oʻrnatilgan haykalni buzib tashlashgan.

Haykal ikki qismga boʻlingan: bosh va yuqori qismi alohida joyda yotgan holatda topilgan. Bu argentinalik futbolchilarga bagʻishlangan yodgorliklar bilan bogʻliq birinchi hodisa emas.

Bungacha Buenos-Ayresda darvozabon Emiliano Martines tasviri tushirilgan mural ham zarar koʻrgan edi. Messi haykali esa avvalgi vandalizm taʼsiridan keyin qayta tiklangan edi.

Lionel Messi, Mar-del- Plata, Haykal Vandalizmi, Argentinalik Futbolchilar, Emiliano Martines
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing