07:36 / 17.12.2025
2 021

Anchelotti yilning eng yaxshi murabbiylari uchligini e'lon qildi


Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti FIFAning «Yilning eng yaxshi murabbiyi» nominatsiyasi uchun o'ziga xos uch nomzodni tanladi. Anchelotti birinchi o'ringa PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikeni, ikkinchi o'ringa «Barselona» ustozi Hans-Diter Flikni, uchinchi o'ringa esa Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Agirrini qo'ydi.

Yakunda ushbu nominatsiyada g'olib Luis Enrike bo'ldi. Uning nomzodini Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin ham qo'llab-quvvatlagan.

Anchelotti Madridning «Real» klubini tark etganidan so'ng Braziliya terma jamoasini boshqara boshladi va jamoani 2026 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqdi. Taqdirlash marosimi Qatarda bo'lib o'tdi.

2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida PSJ hujumchisi, «Oltin to'p» sohibi Usmon Dembele e'tirof etildi.
Braziliya terma, Karlo Anchelotti, Luis Enrike, Jahon chempionati, Usmon Dembele
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing