03:17 / 29.11.2025
390 018
Komoning gʻalabasi va magʻlubiyatsiz seriyasi davom etmoqda

Italiya A Seriyasining 13-tur uchrashuvi juma kuni "Komo" va "Sassuolo" jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Ses Fabregas boshqaruvidagi "Komo" oʻz muxlislarini xursand qilib, har ikki boʻlimda bittadan gol urdi.
Birinchi boʻlimda Anastasios Duvikas, ikkinchi boʻlimda esa sobiq "Liverpul" futbolchisi Alberto Moreno gol kiritdi. Ikkinchi golga qaramay, mezbonlar oʻyinda faol ustunlikni saqlab qoldi.
"Sassuolo" esa oʻyinga intriga qaytara olmadi. Natijada, "Komo" 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, A Seriyadagi magʻlubiyatsiz seriyasini 11 oʻyinga yetkazdi (5 gʻalaba, 6 durang).
Mazkur natijadan soʻng, "Komo" A Seriyada oltinchi oʻrinni band etib turibdi va toʻrtinchi oʻrindagi "Inter" bilan bir xil ochkoga ega. Peshqadam "Roma" esa ulardan atigi uch ochko oldinda.
"Sassuolo" esa hozircha toʻqqizinchi oʻrinda. "Komo"ning gollari: (1:0) Anastasios Duvikas – 14-daqiqa (2:0) Alberto Moreno – 53-daqiqa
Italiya Futboli, A Seriyasi, Komo Jamoasi, Sassuolo Jamoasi, Alberto Moreno
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing