11:06 / 26.11.2025
354 653

Rafinya: "Meni yetarlicha qadrlashmadi"


Barselonaning braziliyalik yarim himoyachisi Rafinya joriy yilgi "Oltin toʻp" natijalari haqida fikr bildirdi. Mashhur vinger ovoz berish yakunlariga koʻra beshinchi oʻrinni egalladi.

"Meni yetarlicha qadrlashmadi. Men oʻzimni bundan koʻproq narsaga loyiq deb hisoblayman.

Ha, biz Chempionlar ligasini qoʻlga kirita olmadik, ammo shaxsan oʻzim uchun ajoyib mavsum oʻtdi. Nega men mukofotni qoʻlga kiritmadim?

Buni jurnalistlar menga tushuntirib bersinlar", - dedi braziliyalik futbolchi matbuot anjumani davomida. 2025-yilgi "Oltin toʻp" sovrindori Fransiya terma jamoasi hamda PSJ vingeri Usmon Dembele boʻldi.

Ikkinchi oʻrinni Lamin Yamal egallagan boʻlsa, uchinchi pogʻonada yana bir PSJ vakili Vitinya joy oldi.


Barselona Futbolchisi, Oltin Toʻp, Braziliyalik Futbolchi, Chempionlar Ligasi, Fransiya Terma
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing