03:28 / 15.12.2025
1 649

Marsel prezidenti Monako ustidan g'alabadan so'ng rejalari haqida gapirdi


Marsel klubi prezidenti Pablo Longoriya qishki transfer oynasi arafasida jamoaning rejalari haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, Fransiya Liga 1ning 16-turida Marsel o'z maydonida Aleksandr Golovin to'p surayotgan Monakoni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Longoriyaning ta'kidlashicha, hozir tarkibda ayrim tuzatishlar kiritish vaqti kelgan. Biroq bu albatta yangi futbolchilarni izlash degani emas.

Uning aytishicha, jamoa tarkibidagi kamchiliklar bartaraf etilishi lozim. Shuningdek, klub rahbari birinchi navbatda jarohat olgan futbolchilarning safga qaytishiga umid qilayotganini qayd etdi.

16 turdan so'ng Marsel 32 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha Lilldan ustun turibdi.

Marsel klubi, Pablo Longoriya, Fransiya Liga, Qishki transfer, Futbolchilar jarohati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing