20:34 / 24.11.2025
543 008

Ganz: Milan Skudetto sohibi boʻlishi mumkin


Italiyaning "Milan" klubi sobiq hujumchisi Mauritsio Ganz oʻtgan milan derbisi haqida fikr bildirdi. Massimiliano Allegri shogirdlari minimal hisobda gʻalaba qozonishdi, bunda golni Kristian Pulishich kiritdi.

U shveysariyalik "Inter" darvozaboni Yann Zommerning unchalik muvaffaqiyatli boʻlmagan seyvidan soʻng toʻpni darvozaga yoʻlladi. "Milan" asta-sekin "Inter" uchun qoʻrqinchli raqibga aylanmoqda – soʻnggi olti derbining toʻrttasida gʻalaba qozonishdi.

Menimcha, bunday "Milan" bemalol Italiya chempioni boʻlishi mumkin", – deydi Ganz fcinter1908.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, "Milan" soʻnggi marta Italiya chempionligini 2022 yilda qoʻlga kiritgan edi.

Oʻshanda klubni Stefano Pioli boshqargan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing