05:00 / 23.11.2025
571 046

Allegri: Chempionlik favoriti - Inter va Napoli


Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o'ziga xos ehtiyotkorlik bilan chempionlik istiqbollari haqida savollarga javob berdi. Allegri fikriga ko'ra, chempionatning asosiy favoritlari o'tgan yili ham skudetto uchun kurashgan jamoalar - "Inter" va "Napoli" hisoblanadi.

"Inter" va "Napoli" skudetto uchun kurashda favorit jamoalar. Ularning tarkibida tajribali va jismoniy tayyorligi yuqori bo'lgan futbolchilar bor.

Ammo derbi - har doim alohida o'yin bo'lib kelgan", - dedi Allegri pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, A Seriyaning o'n ikkinchi turida "Milan" jamoasi "Inter"ga qarshi maydonga tushadi.

Milan derbisi yakshanba oqshomida bo'lib o'tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing