19:05 / 24.11.2025
543 952

Buffon: Allegri Milanni o‘zgartirdi


Italiya chempionatining o'n ikkinchi turida "Milan" shahardoshlari "Inter"ni minimal hisobda magʻlub etdi. Ushbu o'yin haqida afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon o'z fikrlarini bildirdi.

"Menimcha, Allegri jamoasidagi qo'l ishi juda yaxshi seziladi, u "Milan"da ajoyib ish olib bormoqda. Men uni xotirjam va ishonchli ko'raman, bu tuyg'u maydonda ham aks etmoqda.

"Milan" safida yana tartib va oʻziga xoslik paydo bo'ldi", - deydi Buffon pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvda "Milan" Rimning "Latsio" klubi bilan bahs olib boradi.

Klub 2022-yilda, bosh murabbiy Stefano Pioli davrida so'nggi marta Italiya chempioni bo'lgan edi.


Italiya Chempionati, Milan Intervyusi, Janluiji Buffon, Stefano Pioli, A Seriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing