11:38 / 17.11.2025
1 892
Napoli Tiago Mottani murabbiylikka taklif qilishi mumkin

Turinning "Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Tiago Motta Italiya chempionati yuqori darajadagi klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Paskuale Guarro xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, amaldagi chempion "Napoli" Mottaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va dastlabki muzokaralar oʻtkazgan. Hozirda "Napoli" jamoasini italiyalik Antoni Konte boshqarib kelmoqda.
A Seriyaning 11 turidan soʻng, "Napoli" 22 ochko toʻplab, turnir jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda. Konte shogirdlari birinchi oʻrindagi "Inter"dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing