
Italiya A Seriyasining keyingi turida markaziy o‘yin sifatida "Milan" va "Inter" jamoalari o‘rtasidagi derbi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sobiq "Milan" hujumchisi Mbaye Nyang o‘zining derbilarga oid xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning eng yorqin xotiralari 2016-yil yanvar oyidagi o‘yinga borib taqaladi. O‘shanda "Milan" raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
"Bu 2016-yil 31-yanvar kuni edi. Biz 3:0 hisobida g‘alaba qozondik va men o‘sha uchrashuvda uchinchi golni urdim.
Hamma mening derbida gol urishni orzu qilganimni bilardi. Bu haqda bolaligimdan o‘ylardim va o‘sha oqshom bu orzuim amalga oshdi", - deydi Nyang pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
"Milan" va "Inter" yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Italiya Futboli, Milan Inter, A Seriya, Derbi O'yini, Mbaye Nyang
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing