05:43 / 21.11.2025
448 910

Nyang: Allegri toʻgʻri tanlov


Sobiq "Milan" hujumchisi Mbay Nyang klubdagi murabbiy oʻzgarishi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Jamoani boshqarishga qaytgan Massimiliano Allegri haqida u ijobiy fikrda.

Nyangning soʻzlariga koʻra, Allegri "Milan" uchun toʻgʻri tanlov. "Gʻalaba qozonishni istasang, Allegri toʻgʻri tanlov.

U mukammal tarzda sovrinlar yutishni biladi. Uning oʻtmishdagi faoliyati buni isbotlaydi.

Allegri yosh futbolchilarni tarbiyalashda va yulduz futbolchilar bilan umumiy til topishda mohir", - deydi Nyang pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi.

Milan Hujumchisi, Massimiliano Allegri, A Seriya, Yosh Futbolchilar, Turnir Jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing