
“Kristal Pelas” markaziy himoyachisi Mark Gʻehi qishki transfer oynasidayoq yangi klubga oʻtishi mumkin. Sky Sports xabariga koʻra, londonliklar rahbariyati 25 yoshli ingliz futbolchisini yanvar oyida faqat “Liverpul” sotib olishi mumkinligiga ishonmoqda.
Boshqa yirik klublar esa Gʻehini yozda erkin agent sifatida qoʻlga kiritishni rejalashtirmoqda. Mark Gʻehi amaldagi shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Uning shartnomasi 2026-yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Shu sababli, “Kristal Pelas” uchun yanvar transfer oynasi futbolchini sotib, daromad olishning soʻnggi imkoniyati boʻlishi mumkin.
Gʻehiga “Real Madrid”, “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Yunayted” kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.
Mark Gehi, Kristal Pelas, Yanvar Transfer, Ingliz Futbolchisi, Yangi Klub
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing