06:42 / 19.11.2025
537 148
Inter yulduzi Milan va Atletiko oʻyinlarini oʻtkazib yuborishi mumkin

Milanning "Inter" klubi himoyachisi Denzel Dyumfris xalqaro tanaffus oldidan olgan jarohatini davolashni davom ettirmoqda. 29 yoshli futbolchi Niderlandiya milliy jamoasining noyabr oyi oʻyinlarini oʻtkazib yubordi.
Jurnalist Daniele Mari xabariga koʻra, Dyumfris 23-noyabrda A Seriya doirasida "Milan"ga qarshi va 26-noyabrda Chempionlar ligasi doirasida "Atletiko"ga qarshi oʻyinlarda ham maydonga tusha olmasligi mumkin. Joriy mavsumda Denzel Dyumfris "Inter" safida 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
"Inter" hozirgi kunda Italiya A Seriyasining turnir jadvalida 11 ta turdan keyin 24 ochko toʻplagan holda peshqadamlik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing