
Barselonaning markaziy yarim himoyachisi Pedri jarohatidan so‘ng maydonga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 22 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning oldingi uchta uchrashuvini o‘tkazib yuborgan, shuningdek, noyabr oyida JCH-2026 saralash o‘yinlari uchun Ispaniya milliy jamoasiga chaqirilmagan edi.
RAC1 xabariga ko‘ra, Pedri 22-noyabr kuni Atletik Bilbao bilan bo‘ladigan La Liga uchrashuvida ishtirok etmaydi. Ammo 25-noyabr kuni Chelsi bilan bo‘ladigan Chempionlar Ligasi o‘yinida maydonga tushishi kutilmoqda.
Katta ehtimol bilan, u Londonda zaxiradan maydonga tushadi yoki umuman o‘yinda ishtirok etmaydi. Pedrining asosiy maqsadi 2-dekabrda bo‘ladigan Atletiko Madridga qarshi o‘yinga to‘liq tiklanib, optimal sport formasini qaytarishdir.
Pedri Jarohati, Markaziy Yarim, Chempionlar Ligasi, Ispaniya Jamoasi, Atletiko Madrid
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing