17:17 / 18.11.2025
929

Lamin Yamal yangi Kamp Nouga qaytishga tayyor


Barselona yulduzi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining noyabr o'yinlari uchun chaqiruvdan chetda qolganidan so'ng ilk bor omma oldida ko'rindi. Marca nashrining xabariga ko'ra, futbolchi Atletikaga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ushbu uchrashuv Barselona uchun yangilangan Kamp Nouda o'tkaziladigan birinchi o'yin bo'ladi. Barselona klubi rasmiy ravishda jamoa 22-noyabr kuni o'z uy stadioni Kamp Nouga qaytishini tasdiqladi.

Mazkur o'yin yana shuning bilan ahamiyatliki, Atletika futbolchisi Niko Uilyams Barselona taklifini rad etib, Bilbao klubida qolganidan so'ng, birinchi marta kataloniyaliklarga qarshi maydonga tushadi. Lamin Yamal ijtimoiy tarmoqlarda Kamp Nou ko'rinadigan terastadan olingan suratlarini «Maxsus kechalar yaqinlashmoqda» degan so'zlar bilan bo'lishdi.

Keyinchalik u mashg'ulot zallarida jamoaning dam olish kuniga qaramay, individual tarzda shug'ullanganini ko'rsatgan suratlarni ham e'lon qildi. Yamal 2023-yil 29-aprel kuni 15 yoshida Barselonaning asosiy jamoasi safida ilk bor debyut qilgan.

O'shanda u Kamp Nouda bor-yo'g'i yetti daqiqa maydonga tushgan edi. Endi esa u yangi stadionda asosiy futbolchi sifatida ilk bor o'ynashni orzu qilmoqda.

Barselona Klubi, Lamin Yamal, Kamp Nou, Atletika Jamoasi, Niko Uilyams
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing