04:25 / 17.11.2025
3 692

Lamin Yamal qachon maydonga qaytadi?


Barselona vingeri Lamin Yamal yaqin orada maydonga qaytishi kutilmoqda. 18 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasining noyabr oyidagi uchrashuvlarini pubalgiya sabab oʻtkazib yuborgan edi.

Ammo jurnalist Xavi Kamposning maʼlumotlariga koʻra, yosh yulduz 22-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan La Liga doirasidagi Atletik Bilbao bilan oʻyinga tayyor boʻlishi mumkin. Shuningdek, Pedrining Chelsi bilan boʻladigan Chempionlar Ligasi oʻyiniga (25-noyabr) qaytishi ehtimoli borligi ham aytilmoqda.

Lamin Yamal ushbu mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi safida 11 uchrashuvda 6 ta gol urib, 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing