10:57 / 21.12.2025
1 600
Neymar 2026 yilgi Jahon chempionati finalida gol urishga va'da berdi

Braziliyaning yulduz hujumchisi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan o'z va'dasini ma'lum qildi. Avvalroq Yevropada "Barselona" va "PSJ" safida to'p surgan 33 yoshli futbolchi, agar Braziliya terma jamoasi mundial finaliga chiqsa, hal qiluvchi uchrashuvda gol urishini ta'kidladi.
Insayder Fabritsio Romano Neymarning so'zlarini keltirar ekan, hujumchi shunday degan: "Agar terma jamoamiz finalga yetsa, hal qiluvchi o'yinda gol urishga va'da beraman". Eslatib o'tamiz, hozirda tajribali futbolchi Braziliyaning "Santos" klubida to'p surmoqda.
Karlo Anchelotti boshqaruvidagi Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida C guruhida ishtirok etadi. Bu guruhda braziliyaliklar Shotlandiya, Marokash va Gaiti terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Musobaqa kelasi yozda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing