
Madridning "Real" klubi vingeri Franko Mastantuono "Barselona"ning yosh iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal bilan o'zini taqqoslab, kutilganidan pastroq baho berdi. "Menmi yoki Yamal?
Hozircha – Lamin. U ajoyib darajadagi o'yin namoyish etmoqda.
Men esa endigina Madridga kelganman va moslashuv jarayonida bo'lib turibman. Umid qilamanki, "Real" bilan uzoq va muvaffaqiyatli tarixni birga yaratamiz," – dedi argentinalik futbolchi El Larguero intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Qirollik" klubi Mastantuononi joriy yil yozida "River Pleyt"dan 45 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing