
“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema Fransiya terma jamoasiga qaytishini ehtimoldan soqit qilmadi. Benzema terma jamoa safida so‘nggi marta 2022 yil yozida Millatlar Ligasi doirasida maydonga tushgan.
“Fransiya terma jamoasiga qaytishim mumkinmi? Avvaliga, terma jamoa hozircha mendan yiroq, ammo hech qachon bilib bo‘lmaydi.
Ayni damda men hozirgi vaziyatga eʼtibor qaratmoqdaman”, — dedi Benzema AS nashriga bergan intervyusida. Shu kunlarda Fransiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Didye Desham boshchiligidagi jamoa Ukraina, Islandiya va Ozarbayjon bilan bir guruhga tushib, 18 ochkodan 16 ochkoni jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Joriy yil dekabr oyida Karim Benzema 38 yoshni qarshi oladi.
Fransiya terma jamoasi safida u 97 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan va 20 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Karim Benzema, Fransiya Terma, Jahon Chempionati, Millatlar Ligasi, Didye Desham