11:55 / 17.11.2025
3 296

Germaniya – Slovakiya: Jahon chempionati uchun hal qiluvchi o‘yin


2026-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida bugun Germaniya terma jamoasi Slovakiya terma jamoasini qabul qiladi. «Evro-Futbol.Ru» nashri uchrashuvdagi ehtimoliy tarkiblarni taxmin qildi.

Germaniya terma jamoasi ehtimoliy tarkibi: Bauman (darvozabon), Raum, Ta, Anton, Baku, Pavlovich, Goretska, Sane, Virts, Gnabri, Voltemade. Slovakiya terma jamoasi ehtimoliy tarkibi: Dubravka (darvozabon), Gantsko, Obert, Shkrinyar, Dyomber, Rigo, Lobotka, Bero, Garaslin, Strelets, Dyurish.

Ilk turda Slovakiya Germaniya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Beshinchi turda Slovakiya Shimoliy Irlandiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi, Germaniya esa Lyuksemburgga qarshi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Germaniya jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun durang natija ham yetarli bo‘ladi. Slovakiya esa mundial yo‘llanmasi uchun g‘alaba qozonishi zarur.

Germaniya va Slovakiya jamoalari bugun, 17-sentabr kuni soat 22:45 da Leyptsig shahridagi «Red Bull Arena» stadionida o‘zaro maydonga tushadilar. Mazkur uchrashuvning matnli onlayn translyatsiyasini kuzatib boring!


Jahon Chempionati, Germaniya Jamoasi, Slovakiya Jamoasi, Ehtimoliy Tarkib, Red Bull Arena
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing