10:27 / 17.11.2025
2 726

Angliya terma jamoasi yangi rekord o'rnatdi


Angliya terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichining so'nggi turida Albaniyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda Garri Keyn dubl qayd etib, 74 va 82-daqiqalarda gol urdi.

"Uch sherlar" ilk bor o'z tarixida ketma-ket 11 ta rasmiy o'yinda g'alaba qozondi, deya xabar bermoqda Opta. Angliya jamoasi oxirgi marta o‘tgan yilning oktyabr oyida, Millatlar ligasi doirasida Gretsiyaga o‘z uyida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Ushbu o‘yinda oʻrtoqlik uchrashuvlari hisobga olinmagan. 2025-yil boshidan buyon Angliya terma jamoasini Tomas Tuxel boshqarib kelmoqda.

Germaniyalik murabbiy qo'l ostida jamoa JCh-2026 saralash o'yinlarida ajoyib natijalar qayd etdi: barcha 8 uchrashuvda gʻalaba qozonib, birorta ham gol o'tkazib yubormadi.


Angliya Jamoasi, J Ch Saralash, Garri Keyn, Tomas Tuxel, Germaniyalik Murabbiy
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing