
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi "Oltin toʻp" uchun kurash haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Men hatto 100 ta gol urishim mumkin, lekin agar Chempionlar ligasi yoki Jahon chempionatida gʻolib chiqmasam, bu "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritishimga yordam bermaydi.
Aynan shu holat Erling Holand va boshqa da’vogarlar uchun ham amal qiladi. "Oltin toʻp" uchun sovrinlar muhim ahamiyatga ega", – deydi ingliz snayperi "Bavariya uslubi" Telegram-kanalida.
2025/2026-yilgi mavsumda Keyn "Bavariya" safida 17 oʻyinda ishtirok etib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Angliya terma jamoasi uchun esa u Jahon chempionati-2026 saralash bosqichida 7 oʻyinda 6 ta gol kiritdi.
Garri Keyn, Bavariya Klubi, Oltin Toʻp, Chempionlar Ligasi, Jahon Chempionati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bavariyada oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika byudjetiga o‘tkaziladi
16-0: O‘smirlar mundialida gollar yomg‘iri va sensatsiyali natijalar
Levandovski penaltidan urish sanʼatini namoyish qildi
Barselona Garri Keynni sotib olishi mumkin