
Dortmundning "Borussiya" klubida toʻp surayotgan himoyachi Niko Shlotterbek "Manchester Yunayted" klubining transfer roʻyxatidan joy oldi. Jurnalist Ekrem Konurning xabariga koʻra, "Qizil iblislar" Germaniya milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi uchun asosiy daʼvogarlar qatorida.
Shuningdek, "Liverpul" ham 25 yoshli futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishni xohlaydi. Bundan tashqari, "Bavariya" va "Barselona" klublari ham vaziyatni sinchiklab kuzatib bormoqda.
Transfermarkt portali mutaxassislariga koʻra, Niko Shlotterbekning transfer qiymati 40 million yevroga teng. Himoyachining "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil oʻrtasigacha davom etadi, ammo klub rahbariyati yaqin kelajakda ushbu bitimni uzaytirish niyatida.
Niko Shlotterbek
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing