
O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichi qizg‘in pallaga kirdi. Kecha 1/16 finalning ilk 8 uchrashuvi o‘tkazilib, bir qator termalar chorak finalga yo‘llanma uchun kurashni davom ettirish imkoniga ega bo‘lishdi. Bugun esa navbatdagi 8 ta qarama-qarshiliklar o‘tkazilishi belgilangan — aynan shu bahslar orqali pley-offning asosiy intrigasi yanada ravshanlashadi.
Kunning eng qiziqarli o‘yinlari ro‘yxati bilan tanishing:
17:30 — Senegal – Uganda
17:30 — Janubiy Koreya – Angliya
18:00 — Italiya – Chexiya
18:30 — Yaponiya – Janubiy Afrika
19:45 — Germaniya – Burkina-Faso
20:15 — Venesuela – Shimoliy Koreya
20:45 — Xorvatiya – O‘zbekiston
20:45 — Avstriya – Tunis
Kechadagi eng katta qiziqish, tabiiyki, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ishtirokidagi bellashuvga qaratilgan. Islombek Ismoilov shogirdlari nomdor raqib — Xorvatiyaga qarshi muhim o‘yin o‘tkazishadi. Bu to‘qnashuv nafaqat chorak final yo‘llanmasi, balki o‘smirlarimiz qay darajada jahon sahnasida o‘zini namoyon eta olishi uchun ham jiddiy sinov bo‘ladi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:45 da "Espayr" akademiyasi 9-maydonida start oladi. Guruh bosqichini 6 ochko bilan muvaffaqiyatli yakunlagan o‘smirlarimiz bugun ham barcha kuchini yig‘ib, muxlislarni quvontirishga harakat qiladi.
Muxlislar uchun bir narsa aniq: bu kecha pley-offning navbatdagi dramatik, qizg‘in va ehtirosli bahslariga boy bo‘ladi.