16:29 / 23.12.2025
3 029

Liverpul Isak o‘rniga Semenyoni sotib olmoqchi


«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqdi. Shu bois mersisaydliklar rahbariyati shved futbolchisiga o‘rinbosar imzolashni istamoqda.

The Telegraph jurnalistlari xabariga ko‘ra, «qizillar» «Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyoni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Ehtimoliy kelishuv qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Bitim qishki transfer oynasida rasmiylashtirilishi mumkin. Joriy mavsumda Antuan 17 uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Hujumchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2030 yil yozida yakunlanadi.
Liverpul klubi, Aleksandr Isak, Shved futbolchisi, Antuan Semenyo, Qishki transfer
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing