15:07 / 21.12.2025
3 306

O‘zbekistonliklar go‘zallik salonlariga trillionlab so‘m sarflamoqda

O‘zbekistonda aholining sartaroshxona va go‘zallik salonlariga bo‘lgan xarajatlari keskin oshdi. Joriy davrda bu sohada sarflangan umumiy mablag‘ 10,3 trillion so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga yuqori.

Hududlar kesimida eng katta xarajat an’anaviy ravishda Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxt aholisi go‘zallik xizmatlariga qariyb 1,7 trillion so‘m sarflab, respublika bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida bu yo‘nalishdagi xarajatlar 1,41 trillion so‘mni, Samarqand viloyatida 1,30 trillion so‘mni, Toshkent viloyatida esa 1,05 trillion so‘mni tashkil etgan.

Mutaxassislar bunday o‘sishni aholi daromadlarining oshishi, tashqi ko‘rinish va shaxsiy parvarishga bo‘lgan qiziqish kuchayib borayotgani bilan bog‘lamoqda. Qisqasi, go‘zallik industriyasi O‘zbekistonda tobora faol rivojlanmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing