
Toshkent shahrida 2025 yilning 25 dekabridan 2026 yil 10 yanvarigacha Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan keng qamrovli madaniy-ommaviy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda poytaxt hokimligi rasmiy ma’lumot tarqatdi. Bayramona muhit qariyb ikki hafta davomida shahar aholisi va mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishi kutilmoqda.
Asosiy bayram maydoni sifatida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydon tanlangan. U yerda har kuni soat 11:00 dan kechki 23:00 gacha konsertlar, sahnaviy chiqishlar, bolalar uchun dasturlar va turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi. Maydon yangi yil ruhiga mos bezatilib, oilaviy dam olish uchun qulay maskanga aylanadi.
Bayram tadbirlari faqat shahar markazi bilan cheklanib qolmaydi. Toshkentning barcha tumanlarida — bog‘lar, savdo-ko‘ngilochar majmualar va gastronomik ko‘chalarda ham bayramona dasturlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, Central Park, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Dream Park, Magic City, Tashkent City, Anhor Lokomotiv, Humo Arena hamda Taras Shevchenko ko‘chasi bayram manzillariga aylanadi.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, aksariyat bayram maydonlari soat 11:00 dan 22:00 yoki 23:00 gacha faoliyat yuritadi.
Bayram tadbirlari quyidagi manzillarda ham tashkil etiladi:
Yunusobod tumani
• Rixsiliy gastronomik va sayyohlik ko‘chasi (Yunusobod Gallery savdo markazi)
25 dekabr - 10 yanvar | 17:00 dan 21:00 gacha
Bektemir tumani
• Kompas savdo markazi
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00 dan 22:00 gacha
• Coca-Cola Garden Park
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00 dan 22:00 gacha
Mirobod tumani
• Taras Shevchenko Gastronomik va turistik ko‘chasi
21 dekabr - 4 yanvar | 16:00 dan 22:00 gacha
Mirzo-Ulug'bek tumani
• Markaziy park
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00–22:00
• Yangi O‘zbekiston bog‘i
25 dekabr - 10 yanvar | 16:00–22:00
Sergeli tumani
• So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab gastronomik va turistik ko‘cha
• “Yangi Sergeli” istirohat bog‘i
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00–22:00
Olmazor tumani
• Asia.uz supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatri)
25 dekabr - 10 yanvar | 16:00–22:00
Uchtepa tumani
• Uchtepa tumani hokimligi binosi oldidagi maydon
25 dekabr - 5 yanvar | 16:00–20:00
Chilonzor tumani
• Dream Park madaniyat va istirohat bog‘i (G‘afur G‘ulom nomidagi)
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00–22:00
• Humo Arena muz saroyi maydoni
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00–23:00
• Magic City Park
20 dekabr - 10 yanvar | 11:00–23:00
• Al-Xorazmiy gastronomik va sayyohlik ko‘chasi
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00–22:00
Shayxontohur tumani
• Anhor Lokomotiv bog'i
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00–22:00
• Toshkent shahar bog'i
21 dekabr - 10 yanvar | 11:00–23:00
Yashnobod tumani
• Ashxobod bog'i
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00–20:00
Yakkasaroy tumani
• NEXT savdo markazi
25 dekabr - 10 yanvar | 16:00–22:00
• Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar qo‘mitasining pavilyon maydoni
25–30 dekabr | 16:00–19:00
Yangixayot tumani
• Mehrigiyo gastronomik va sayyohlik ko‘chasi
25 dekabr - 10 yanvar | 11:00–22:00
Qisqasi, bu yil Yangi yilni Toshkentda qarshi olish yanada shovqinli, yorqin va esda qolarli bo‘ladi. Qishki kayfiyat, yorug‘ chiroqlar va bayram shodligi — barchasi poytaxt ko‘chalarida jamlanadi.
Toshkent shahar,
Yangi yil,
Madaniy tadbirlar,
Alisher Navoiy,
O‘zbekiston bog‘i