Ertaga qaysi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi aniq aytildi

O‘zgidromet 14 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi. Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechasi yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol g‘arbiy yo‘nalishdan 3-8 m/s tezlikda esib, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman va shamolning 7-12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, tumanlar va shamolning tezligi 7-12 m/s. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzaxda yomg‘ir yog‘ishi, tumanlar va shamol 7-12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 11-16 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, tumanlar va shamol 7-12 m/s bo‘ladi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘onada yomg‘ir yog‘ishi, tuman va shamol 7-12 m/s bo‘ladi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman va qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esib, harorat 1-6 daraja bo‘ladi.
Ob-havo prognozi, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston va Xorazm, Tog‘li hududlar, Qashqadaryo va Surxondaryo