15:53 / 10.12.2025
52 701

Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonga birinchi tezyurar poyezdni jo‘natdi

Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonga birinchi tezyurar poyezdni jo‘natdi. Yuklash marosimi 10 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Masan portida bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda ChosunBiz xabar berdi. Marosimda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hamda Janubiy Koreya kompaniyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Birinchi partiya yetti vagondan iborat bo‘lib, ular shartnoma imzolangandan so‘ng bir yil va besh oy ichida ishlab chiqarildi. Rejaga ko‘ra, ushbu birinchi partiya 2026 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga yetkaziladi.

Bu dastlab rejalashtirilgan muddatdan bir-ikki oy tezroq amalga oshadi. Qolgan 35 vagon (beshta poyezd) esa 2027 yilga qadar yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Poyezdlar maxsus O‘zbekiston sharoitlari uchun ishlab chiqarilgan. Ular changdan himoyalangan bo‘lib, issiq harorat va qum bo‘ronlari sharoitida ishlay oladi.

Yangi vagonlar uzunligi 1,2 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan yo‘nalishlarda, jumladan Toshkentdan Buxorogacha bo‘lgan yo‘nalishda harakatlanishi rejalashtirilgan.


Hyundai Rotem, Janubiy Koreya, Tezyurar poyezd, O‘zbekiston sharoitlari, Toshkent Buxoro
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing