14:34 / 15.11.2025
2 097

O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni ikki barobar oshdi


1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 17,5 mingtaga yetdi. So‘nggi besh yil ichida ularning soni deyarli ikki baravarga oshdi.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Xorijiy investitsiyalar orasida eng yirik ulush Xitoy va Rossiya kompaniyalariga tegishli.

Xitoyga oid 4,7 mingta, Rossiyaga oid esa 3,1 mingta korxona faoliyat yuritmoqda. Ular ortidan Turkiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreyaga oid korxonalar keladi.

Xorijiy kompaniyalarning aksariyati savdo sohasi bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, sanoat va qurilish sektorida ham sezilarli ulush mavjud.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing