17:12 / 17.12.2025
1 621

10 yillik tanaffusdan so‘ng qaytish: “Ummon” guruhi yana katta sahnada

2010 yillarda yuz minglab muxlislarning yuragiga yo‘l topgan “Ummon” guruhi uzoq tanaffusdan so‘ng yana ijod va konsert faoliyatiga qaytmoqda. Bu haqda Iticket.uz’ning Instagram sahifasida ma’lum qilindi.

Guruh a’zolari o‘z murojaatida muxlislarga minnatdorlik bildirdi:

“Muxlislarimiz uchun qaytdik va ijodni boshladik. 10 yillik tanaffusdan so‘ng ham hali-hamon unutilmaganimiz uchun sizlarga alohida tashakkur. Kecha birga kuyladik, birga xotiralarni va bolalikni esga oldik. Buni so‘z bilan tasvirlab berib bo‘lmaydi. Tez orada Toshkentda ko‘rishamiz”.

Bu so‘zlar muxlislar orasida katta qiziqish va quvonch uyg‘otdi. Chunki “Ummon” — bu faqat guruh emas, balki butun bir avlodning xotiralari, ilk qo‘shiqlar, bolalik va yoshlik davri bilan bog‘liq hissiyotlardir.

Ma’lum qilinishicha, guruhning katta konserti Toshkentdagi Humo Arenada bo‘lib o‘tadi. Hozircha aniq sana e’lon qilinmagan, ammo konsert haqidagi postga “Sog‘inganim mani” qo‘shig‘ining biriktirilishi muxlislar uchun alohida ramziy ma’noga ega bo‘ldi.


Ummon guruhi, Toshkent konserti, Humo Arena, Muxlislar minnatdorligi, Bolalik xotiralari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing