Asia Alliance Bank ikki yirik mukofotga sazovor bo‘ldi

Toshkentdagi U-Enter innovatsion markazida CX Banking Index 2025 mukofotining tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yillik tadqiqot doirasida O‘zbekistondagi 33 ta mobil bank ilovalari va ularning eng yaxshi raqamli amaliyatlari tahlil qilindi.
Baholashning asosiy mezoni mijozlarning tajribalarini o‘lchovchi indeks (iCX) bo‘lib, u banklar, ularning mahsulotlari va mijozlar bilan o‘zaro aloqalar sifati o‘rtasida taqqoslash imkonini beradi. Qizg‘in raqobat sharoitida Asia Alliance Bank’ning Alliance Pay ilovasi alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi va tadbirning asosiy g‘oliblaridan biriga aylandi.
Bank ikki nufuzli nominatsiyada g‘alaba qozondi:
• Daily Banking yo‘nalishida oltin medal – kundalik operatsiyalarning qulayligi, intuitivligi va puxtaligi uchun;
• Payments yo‘nalishida bronza medal – to‘lov xizmatlarining sifati va ishonchliligi uchun.
Ushbu mukofotlar mijozlar tajribasi raqamli sohadagi muvaffaqiyatning hal qiluvchi omili ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Asia Alliance Bank innovatsiyalarni joriy etish va moliyaviy xizmatlarni har bir mijoz uchun qulay va oson qilishda yetakchilikni mustaxkamlashda davom etadi.
CX Banking, O'zbekiston banklari, Mobil ilovalar, Asia Alliance Bank, Raqamli xizmatlar