18:30 / 18.12.2025
3 904

Polsha O‘zbekiston armiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Polsha O‘zbekiston harbiylarini tayyorlash va zamonaviy aloqa hamda boshqaruv tizimlarini joriy etishda yordam taklif qilishi mumkin. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi Defence 24 portaliga asoslanib xabar bermoqda.

Shuningdek, polshalik harbiy mutaxassislar texnika ta’miri va harbiy uskunalar ishlab chiqarish uchun xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etishda ko‘maklashishga tayyor. Bundan tashqari, Polsha Janubiy Koreyaning Toshkentga taklif qilayotgan texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatishda yordam berishi mumkin.

Varshavaning koreys qurollarini sotib olish bo‘yicha tajribasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini ochishi aytilmoqda. Dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida Polsha 21-o‘rinni, O‘zbekiston esa 58-o‘rinni egallagan.

Shu bilan birga, Polsha Janubiy Koreyaning tank, samolyot va o‘ziyurar gaubitsalarini faol ravishda sotib olmoqda. Bundan tashqari, Polsha Janubiy Koreyaning qurol-aslahalarini ishlab chiqarishga ham qiziqish bildirmoqda.

Shu yilning kuzida Varshava va Seul 2028-yildan boshlab litsenziya asosida raketa tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzoladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing