17:19 / 09.12.2025
196 602
Namanganda xotinining ukasini o‘ldirgan erkak 12 yilga qamaldi

Namanganda ayol bilan oilaviy mojaro tufayli kelib chiqqan janjal qotillik bilan tugadi. Viloyat sudi xotinining ukasini o‘ldirgan erkakka hukm chiqardi.
Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 20 may kuni Davlatobod tumanida yuz bergan. Turmush o‘rtog‘ini qaytarib olmoqchi bo‘lgan erkak uning ota-onasi yashaydigan uyga borgan, ammo ayol birga yashashdan bosh tortgan. Shundan so‘ng qarindoshlar o‘rtasida tortishuv boshlangan va janjalga ayolning kenja ukasi ham aralashgan.
Mojaro paytida ayblanuvchi qo‘lidagi pichoq bilan unga og‘ir jarohat yetkazgan. Yigit voqea joyida halok bo‘lgan.
Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topib, 12 yil umumiy rejim koloniyasiga hukm qildi.
Namangan viloyati, Oilaviy mojaro, Jinoyat kodeksi, Sud hukmi, Qotillik ishi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tushlik sabab chiqqan janjal fojiaga aylandi
O‘zbekistonda yangi genetik mutatsiyalar aniqlandi
Rossiyada ayol o‘zbekistonlik erkakni o‘ldirib, ko‘mib qo‘ydi
Rossiyada o‘zbek migrantini o‘ldirib daraxt ostiga ko‘mib qo‘ygan ayol ushlandi
Toshkentda 3 yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgan erkak 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi