18:56 / 07.12.2025
267 596

Prezident 615 nafar shaxsni afv etdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan 615 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risida farmon imzoladi. Ularning 220 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 123 nafari muddatidan ilgari shartli ravishda, 97 nafari esa yengilroq jazoga almashtiriladi.

Shuningdek, 175 nafar mahkumning jazosi muddati qisqartiriladi. Mazkur qaror o‘z aybini tan olgan, qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga qaytgan shaxslarga nisbatan qabul qilingan.

Farmon O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq chiqarilgan. Afv etilganlar orasida to‘qqiz nafar xorijlik, 29 nafar ayol, 60 yoshdan oshgan 23 kishi hamda 30 yoshgacha bo‘lgan 264 nafar shaxs, jumladan ikki nafar voyaga yetmagan bor.

Shuningdek, ro‘yxatda ilgari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish uchun hukm qilingan to‘qqiz nafar shaxs ham bor. O‘tgan yili Konstitutsiya kuni munosabati bilan 483 nafar shaxs afv etilgandi.


Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti, Afv etish, Konstitutsiya kuni, Jazoni yengillashtirish
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing